Pul qayerga ketdi? Xarajat va ombor hisobi
Avtoservisda daromad bor, foyda yo‘q — sabab odatda uchta: ombor, chek va yozilmagan xarajat. Sof foydani qanday hisoblash kerakligini ko‘rib chiqamiz.
Bir ustaxona egasi bilan hisob-kitob qildik. Oyiga 380 ta mashina, kassada aylanma yaxshi. So‘radim: "Bu oy qancha foyda qildingiz?"
Javob: "Taxminan 25-30 million bo‘lsa kerak."
Haqiqatda 9 million edi. Farqni u bilmasdi, chunki hech kim xarajatni yozib bormasdi.
Daromad — foyda emas
Ko‘pchilik ustaxona egasi kassaga tushgan pulni foyda deb o‘ylaydi. Aslida bu pul hali sizniki emas:
- ichida tovar tannarxi bor — moy, filtr, ehtiyot qism siz uchun ham pul turgan;
- ichida usta ulushi bor;
- oy oxirida ijara, maosh, svet, soliq chiqadi.
Sof foyda formulasi bitta:
Sotuv + xizmat − tovar tannarxi − xarajat = sof foyda
Bu formulaning to‘rtta qismidan uchtasi odatda hisobga olinmaydi. Shuning uchun "ishim yaxshi, lekin pul yo‘q" degan holat kelib chiqadi.
Uchta joy — uchta teshik
1. Ombor
Moy keldi — 12 ta kanistr. Beshtasi sotildi, uchtasi ustaning ishida ishlatildi, ikkitasi "bir kunga olib turdim" bo‘ldi. Qolgani ikkita bo‘lishi kerak, lekin javonda bittasi turibdi.
Bu bitta kanistr emas — bu har oy takrorlanadigan chiqim. Yilida bu million-millionlab so‘m.
Ombor hisobi bo‘lsa, har bir harakat yoziladi: kirim, sotildi, ishga sarflandi, qaytdi, korrektirovka. Inventarizatsiya qilganingizda farq qayerdan chiqqani ko‘rinadi.
2. Sotuv
Chek yozilmasa, sotuv bo‘lmagan hisoblanadi. Sotuvchi naqd oldi, cho‘ntagiga soldi, kechqurun "bugun kam savdo bo‘ldi" dedi — tekshirishning iloji yo‘q.
Shtrix-kod bilan sotuv 20 soniya oladi va uchta ishni birdan qiladi: chek chiqadi, ombordan tovar yechiladi, kassaga pul tushadi. Har bir chekda foyda ham ko‘rinadi — sotuvchi chegirma berganda siz zararga sotayotganingizni darhol bilasiz.
3. Xarajatlar
Eng katta teshik shu yerda. Ijara to‘landi — hech qayerda yozilmadi. Ustaga avans berildi — daftarga ham tushmadi. Yetkazib beruvchiga 2 million berildi — keyingi oy u "siz 3 million qarzsiz" deydi va isbot yo‘q.
Xarajatni qanday yuritish kerak
Xarajat shunchaki "chiqim" degan bitta ustun emas. U kamida beshta narsaga bog‘lanishi kerak:
- 1Toifa — ijara, maosh, yetkazib beruvchiga to‘lov, ustaga to‘lov, kommunal, uskuna, soliq, marketing, transport, boshqa.
- 2Sana — qaysi davrga tegishli.
- 3To‘lov usuli — naqd, karta, o‘tkazma. Qaysi kassadan chiqqani.
- 4Kontragent — yetkazib beruvchiga to‘lov bo‘lsa, uning qarzi shuncha kamayishi kerak.
- 5Xodim — maosh bo‘lsa, kimga berilgani.
Shu beshtasi bo‘lsa, oy oxirida bitta savolga javob olasiz: pulim qayerga ketdi?
Auto-nazoratda bu bitta ekran. Yuqorida davr tanlanadi, chapda xarajatlar ro‘yxati, o‘ngda jami summa va toifalar bo‘yicha diagramma. Diagrammaga qarab: maosh 39%, ijara 33%, yetkazib beruvchilar 13%. Endi qayerni qisqartirish kerakligi ko‘rinib turibdi.
Yetkazib beruvchi qarzi — alohida gap
Ustaxonalarda eng ko‘p tortishuv shu yerda chiqadi. Chunki xarid bir kun bo‘ladi, to‘lov boshqa kun, esda esa hech narsa qolmaydi.
To‘g‘ri yuritilganda mexanika oddiy:
- tovarni omborga kirim qilasiz → yetkazib beruvchiga qarz oshadi;
- unga pul berasiz (xarajat, toifasi "yetkazib beruvchiga to‘lov") → qarz kamayadi;
- istalgan paytda uning kartochkasini ochib, nima olingani va qancha to‘langanini ko‘rasiz.
Endi telefonda "siz qarzsiz" deyilganda javobingiz taxmin emas, ro‘yxat bo‘ladi.
Kassa — hammasi tushadigan joy
Sotuv, xizmat, xarajat — uchalasi ham bitta kassaga tushishi kerak. Shunda:
- bugungi balans — hozir qo‘lda qancha pul borligi;
- davr bo‘yicha kirim va chiqim;
- foyda va zarar — davr uchun sof natija.
Naqd pulni qo‘lda kiritish yoki olish ham operatsiya sifatida yoziladi: "avans xodimga", "kassadan olindi", "yetkazib beruvchidan qaytdi". Sabab ko‘rsatiladi — keyin savol tug‘ilmaydi.
Kim nimani ko‘radi
Muhim detal: hamma ham hamma raqamni ko‘rmasligi kerak.
- Xarajatlar — egasi, admin, menejer va sotuvchiga ochiq;
- Kassa va foyda — faqat egasi va adminga.
Usta o‘z ishini va o‘z komissiyasini ko‘radi, lekin ustaxonaning umumiy foydasini emas. Bu oddiy narsa, lekin jamoada ko‘p muammoni oldini oladi.
Nimadan boshlash kerak
Hammasini bir kunda yo‘lga qo‘yish shart emas. Tartib shunday:
- 1Tovarlarni kiritish — nomi, tannarxi, sotuv narxi. Marja o‘zi hisoblanadi.
- 2Inventarizatsiya — bugungi haqiqiy qoldiqni kiritasiz, tizim boshlang‘ich nuqtani oladi.
- 3Sotuvni faqat tizim orqali qilish — bir hafta qat’iy tursangiz, odat bo‘ladi.
- 4Xarajatni har kuni yozish — ijara, maosh, mayda xarid. Kuniga 2 daqiqa.
- 5Oy oxirida diagrammaga qarash — birinchi marta ko‘rgan raqamlaringiz sizni hayratda qoldiradi.
Birinchi oyda foyda oshmaydi. Lekin siz uni ko‘rasiz. Ikkinchi oydan boshlab esa nimani qisqartirish, qaysi tovarni ko‘proq olib kelish va qaysi yetkazib beruvchi bilan qayta gaplashish kerakligini bilasiz.
Ustaxonangizda bu oy qancha foyda qoldi — aniq raqamni ayta olasizmi? Bepul demo oling, sizning raqamlaringizda ko‘rsatamiz. Do‘kon va xarajat moduli bilan qanday ishlashini bir ekranda ko‘rasiz.