Avtoservisingizni boshqaring, mijozlarni qaytaring — bitta ilovada.
Ustalar, mijozlar bazasi, ombor va marketing — avtoservisingizdagi har bir jarayonni bitta ilovada avtomatlashtiring. Moy, shina, GBO, diagnostika yoki to‘liq xizmat — platforma siz bilan birga o‘sib boradi. Biz kelib o‘rnatamiz, ma’lumotlaringizni ko‘chiramiz va jamoangizni o‘rgatamiz.
Bu muammolar sizga tanishmi?
Ko‘p ustaxonalar aynan shu sabab pul, mijoz va vaqtni yo‘qotadi.
Kim qancha ish qildi, qancha topdi — aniq bilmaysiz. Maosh va komissiya doim tortishuv.
Mashina tarixi qog‘ozda yoki kallada. Mijoz qaytsa, oldin nima qilganini topolmaysiz.
Texnik ko‘rik yoki gaz balon muddati o‘tadi — eslatma yo‘q, mijoz qo‘shni ustaxonaga ketadi.
Daftardan toza hisob chiqmaydi. Foyda bormi, zararmi — taxmin qilasiz.
Auto-nazorat bilan nima o‘zgaradi
Murakkab emas. Har qanday avtoservis uchun — ko‘proq mijoz, ko‘proq daromad, kam bosh og‘riq.
Mijozlar o‘zi qaytadi
Avtomatik SMS va Telegram eslatmalar — siz qo‘ng‘iroq qilmaysiz, mijoz o‘zi keladi.
Pul yo‘qolmaydi
Har bir qism, xizmat va to‘lov hisobda. Oxirida foydani aniq ko‘rasiz.
Ustalar nazoratda
Kim nima qildi, qancha topdi — bir tugmada. Maosh avtomatik hisoblanadi.
Vaqtingiz tejaladi
Qog‘oz yo‘q, qidiruv 1 soniya. Hisobotlar o‘zi tayyor bo‘ladi.
Obro‘ngiz o‘sadi
Mamnun mijozlar 5 yulduzli sharh qoldiradi — yangi mijozlar ko‘proq keladi.
Ustaxona o‘sadi
Onlayn topiladigan saytingiz bo‘ladi — yangi mijozlar o‘zi keladi.
Butun avtoservisni avtomatlashtiring — bitta ilovada
Har qanday ustaxona uchun — front-deskdan back-office gacha: ustalar, mijozlar, ombor, marketing va veb-sayt. Yangi imkoniyatlar har hafta qo‘shiladi — platforma o‘sib boradi.
Mijozlarni o‘zi qaytaradi va 5 yulduzli obro‘ quradi.
- Avto SMS-eslatmalar
- Telegram follow-up
- Sharhlar va NPS
- Maqsadli kampaniyalar
Ustaxona tovarlarini soting va hisobini yuriting.
- Tovar katalogi
- Ombor avto-hisobi
- POS va cheklar
- Yetkazib beruvchilar
Ishlarni taqsimlang, kim nima qilganini ko‘ring.
- Ish taqsimlash
- Jadval
- Avto-komissiya
- Maosh hisobi
Har bir ish uchun bosqichma-bosqich aniq tartib.
- Ish buyurtmalari
- Bosqichli oqimlar
- Hech narsa unutilmaydi
- Tezroq xizmat
Yangi mijozlarni onlayn toping — keyin ularga marketing qiling.
- Tayyor sayt
- Qidiruvda topiladi
- Real sharhlar
- Onlayn buyurtma
Tovar ham, pul ham — bitta hisobda
Omborda nima qolgani, kassada qancha borligi va oy oxirida qancha foyda qolgani — taxmin emas, raqam bilan.
Tovar qoldig‘i o‘zi hisoblanadi — sotuvdan ham, ustaning ishidan ham.
- Kategoriya, SKU, shtrix-kod
- Minimal qoldiq ogohlantirishi
- QR-etiketka chop etish
- Inventarizatsiya bir ekranda
Skanerdan chekgacha — sotuvchi uchun bitta oyna.
- Naqd, karta, Click, Payme
- Qarzga sotuv mijozga bog‘lanadi
- Har bir chekda foyda ko‘rinadi
- Komplekt bo‘lib sotish
Ijara, maosh, soliq, ehtiyot qism — hammasi o‘z toifasiga tushadi.
- Davr va toifa bo‘yicha filtr
- Toifalar bo‘yicha diagramma
- Ustaga to‘lov alohida yuritiladi
- Yozuv o‘chirilsa — summa kassaga qaytadi
Kimga qancha qarzdorsiz va kassada qancha bor — bir qarashda.
- Qarz har xariddan keyin yangilanadi
- Xarid va to‘lov tarixi
- Kassa balansi, foyda va zarar
- Naqd kirim-chiqimni qo‘lda ham
Har bir xarajat toifaga, sanaga va to‘lov usuliga bog‘lanadi. Yetkazib beruvchiga to‘lov uning qarzini kamaytiradi, maosh — xodimga biriktiriladi. Oy oxirida qaysi toifa ko‘p pul yeganini ko‘rasiz.
Kassa har bir chek, ish buyurtmasi va xarajatdan keyin o‘zi yangilanadi. Oy oxirida kalkulyator kerak emas.
3 qadamda ishga tushasiz
Texnik bilim shart emas — qolganini biz qilamiz.
Demo oling
Bizga yozing — 15 daqiqada o‘z ma’lumotlaringizda qanday ishlashini ko‘rsatamiz.
Biz o‘rnatamiz
Kelib sozlaymiz, mijoz va mashina bazangizni ko‘chiramiz, jamoangizni o‘rgatamiz.
Boshqaring
Ertasi kuni ustaxonangiz to‘liq nazoratda — telefon yoki kompyuterdan.
Siz allaqachon ishlatadigan vositalar bilan ulangan
Alohida emas — bitta tizim sifatida ishlaydi.
Mahalliy SMS-shlyuz. Har bir tarifda bepul SMS to‘plami.
Xizmatdan keyin follow-up, eslatmalar va mijoz mini-ilovasi.
Muddatlar avtomatik sinxron — qo‘lda kiritish shart emas.
Mahalliy to‘lov usullari va cheklar.
Faqat avtoservis emas
Maxsus texnika sotadigan kompaniyalar uchun servis, ta’mirlash va zapchast hisobi tizimlarini quramiz. Beton zavodlari, yo‘l-qurilish, ko‘tarish texnikasi — kafolat, TXK grafigi, zayavkalar va ombor bitta tizimda.
FSM va CMMS sinfidagi tizim: texnika reyestri, kafolat nazorati, rejali TXK, zayavkalar (Service Desk), SLA va injener uchun oflayn mobil ilova.
Mavjud hisob tizimingiz bilan API orqali ma’lumot almashinuvi: mijozlar, nomenklatura, moliyaviy operatsiyalar. Ikki marta kiritish kerak emas.
Texnik topshirig‘ingizni yuboring — uni ishlayotgan yadromiz ustiga quramiz. GOST 34.602-89 bo‘yicha loyihalash, bosqichma-bosqich dalolatnoma bilan topshirish.
- Texnika reyestri — elektron pasport, zavod raqami, motosoat, xizmat tarixi
- Kafolat muddatini avtomatik hisoblash va 30/15/7 kunlik ogohlantirish
- Ishlab chiqaruvchi reglamenti bo‘yicha rejali TXK grafigi
- Zayavkalar: status, ustuvorlik, injener tayinlash, SLA va eskalatsiya
- Ko‘p omborli zapchast hisobi, rezervlash, inventarizatsiya, minimal qoldiq
- Mijoz kabineti va rahbariyat uchun KPI paneli
- to‘liq ishlab chiqish sikli
- 4–6 oyto‘liq ishlab chiqish sikli
- texnika birligi reyestrda
- 10 000+texnika birligi reyestrda
- nomenklatura pozitsiyasi
- 20 000+nomenklatura pozitsiyasi
- kafolatli qo‘llab-quvvatlash
- 12 oykafolatli qo‘llab-quvvatlash
Avtoservisni ichidan biluvchi jamoa quryapti

“Men band avtoservisni qog‘oz daftarda boshqarganman — ustalar, qismlar, mijozlar. Sizning og‘riqlaringizni o‘zim yashaganman.”
Har bir ustaxona uchun tarif
Yashirin to‘lov yo‘q. Istalgan vaqtda bekor qiling.
Yakka ustaxona · sug‘urta · moy
- CRM va mashina tarixi
- Ombor + muddat eslatmalari
- POS va cheklar
1–3 usta
- Small’dagi hammasi
- Yetkazib beruvchilar va xarajatlar
- Ko‘p foydalanuvchi
To‘liq ustaxona
- Maosh va P&L
- Marketing + follow-up
- Bepul SMS ichida
Ko‘p filialli tarmoq
- Multi-org va filiallar
- API ulanish
- Ustuvor qo‘llab-quvvatlash
Maxsus texnika, FSM/CMMS va buyurtma asosida ishlab chiqish
- Texnika reyestri, kafolat va TXK grafigi
- Service Desk: SLA, eskalatsiya, injener mobil ilovasi
- Ko‘p omborli zapchast hisobi va mijoz kabineti
- 1C / ERP integratsiyasi, 12 oy kafolatli qo‘llab-quvvatlash
Pro tarkibida bepul SMS — 100 000 so‘m (oyiga ~600 ta xabar). 30 kun bepul sinov.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Internet bo‘lmasa ishlaydimi?
Mobil ilova oflayn rejimda ishlaydi va aloqa tiklanganda avtomatik sinxronlanadi.
Ma’lumotlarimni ko‘chirib bera olasizmi?
Ha. Daftar yoki Excel’dan mijoz va mashina bazasini biz ko‘chirib beramiz.
O‘rnatish qancha vaqt oladi?
Bir kun. Biz shaxsan kelib sozlaymiz va jamoangizni o‘rgatamiz.
SMS va Telegram pullikmi?
Har bir tarifda bepul SMS to‘plami bor. Telegram follow-up bepul.
Gaz balon va texnik ko‘rik protokollari bormi?
Ha — muddatlar Road24 bilan sinxron va eslatmalar avtomatik yuboriladi.
Ustaxonangizni bugun raqamlashtiring
15 daqiqalik demo — o‘z ma’lumotlaringizda qanday ishlashini ko‘rsatamiz. Hech narsa yo‘qotmaysiz.
Karta kerak emas · 14 kun bepul · 1 kunda o‘rnatamiz