Auto-nazoratAuto-nazorat
CRMAvtomatlashtirish

Avtoservis uchun dastur qanday tanlanadi: 7 ta savol

Ustaxonaga dastur tanlashdan oldin o‘zingizga bering: bu 7 ta savol sizni noto‘g‘ri tanlov va yo‘qotilgan oylardan saqlaydi.

Olimbek Nizomov1 daqiqa o‘qish

Ko‘pchilik ustaxona egasi dasturni narxiga qarab tanlaydi. Uch oydan keyin esa daftarga qaytadi — chunki dastur ustaxona qanday ishlashini bilmagan.

Quyidagi 7 ta savol — sotuvchiga emas, o‘zingizga beriladigan savollar.

1. Dastur mashinani tushunadimi?

Oddiy savdo dasturi (iBox, BILLZ, 1C) tovarni hisoblaydi: kirim, chiqim, qoldiq. Lekin ustaxonada asosiy obyekt — tovar emas, mashina. Davlat raqami, VIN, probeg, xizmat tarixi.

Agar dasturda mashina kartochkasi bo‘lmasa — bu avtoservis dasturi emas, bu kassa.

2. Usta hisobi bormi?

Ustaxonadagi eng katta tortishuv — maosh. Dastur quyidagilarga javob bermasa, tortishuv qolaveradi:

  • Bu oy Akmal nechta ish qildi?
  • Har bir ishdan qancha foiz oldi?
  • Zapchast puli kimning hisobiga tushdi?

3. Mijoz qaytishini kim eslatadi?

Texnik ko‘rik muddati tugadi. Gaz balon ispitaniyesi o‘tdi. Moy almashtirish vaqti keldi.

Mijoz sizni unutgani uchun ketmaydi — siz eslatmaganingiz uchun ketadi.

Avtomatik SMS va Telegram eslatmalari bo‘lmagan dastur — bu arxiv, marketing quroli emas.

4. Internet o‘chsa, ishlaydimi?

Toshkentning chekka mahallalarida internet kuniga bir necha marta uziladi. Ustaxona esa to‘xtamaydi. Oflayn rejim — hashamat emas, talab.

5. Ikki tilda ishlaydimi?

Ustangiz o‘zbekcha, buxgalteringiz ruscha ishlaydi. Ikkalasi ham bitta bazaga yozishi kerak.

6. Ma’lumotni kim ko‘chiradi?

Sizda 3 yillik daftar bor. Uni kim kompyuterga kiritadi? Agar javob "o‘zingiz" bo‘lsa — dastur hech qachon ishga tushmaydi. Yaxshi yetkazib beruvchi kelib o‘rnatadi va ma’lumotni ko‘chirib beradi.

7. Bir yildan keyin nima bo‘ladi?

Bugun siz shinomontaj qilasiz. Bir yildan keyin diagnostika, GBO va do‘kon qo‘shasiz. Dastur siz bilan o‘sishi kerak — yoki siz yana ko‘chib o‘tasiz.


Xulosa

Dastur narxi — eng arzon xarajat. Eng qimmati — noto‘g‘ri dasturda o‘tkazilgan olti oy va yo‘qotilgan mijozlar.

Auto-nazorat aynan shu 7 ta savolga javob berish uchun qurilgan: mashina kartochkasi, usta hisobi, avtomatik eslatmalar, oflayn rejim, o‘zbek va rus tili, bepul o‘rnatish va ma’lumot ko‘chirish.

Tariflarni ko‘rish yoki 15 daqiqalik demo uchun yozing — ustaxonangiz ma’lumotlarida ko‘rsatamiz.